Biz haqimizda

Business Challenge – 9-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida iqtidorli tadbirkorlarni aniqlash maqsadida muntazam tanlovlar o‘tkazishga qaratilgan platforma. Musobaqa bosqichlardan iborat bo‘lib, keyingi bosqichlarga faqat oldingi bosqichlarda g‘olib bo‘lganlar o‘tadi. Tanlovda ishtirok etish uchun sizda biznes g‘oya va uni amalga oshirish rejasi bo‘lishi kerak, aynan shu ishlarni biz tomondan taqdim etilgan hakamlar baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi. Loyihangiz haqida ma'lumotni ariza to'ldirayotgan payitingiz yuklab olishingiz mumkin bo'lgan hujjatda taqdim etib ketishingiz kerak. Tanlovda g‘oliblar bir nechta bo‘ladi (loyiha yo‘nalishiga qarab), g‘olib ishtirokchilar o‘z loyihasiga sarmoya qabul qilish va stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yo'nalishlar va investitsiyalar haqida pastroda ko'proq bilib olishingiz mumkin.

Bosqichlar

1

Ariza topshirish

Tanlov ishtirokchisi bo‘lish uchun ushbu sayt yoki havolasi ushbu sahifaning tagi qismida joylashgan telegram bot orqali anketani to‘ldirishingiz kerak. Bizning mutaxassislar arizalarni ko'rib chiqadi va to'liq hamda to'g'ri to'ldirilgan arizalarni qabul qiladi.

1-iyun, 2023 15-iyun, 2023

2

Maktab bosqichi

Arizalar filtrdan o‘tgan loyihalar tanlovning 1-bosqichi – maktab bosqichiga o‘tadi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar o'z maktablaridan chiqgan ishtirokchilar bilan raqobatlashadilar.

16-iyun, 2023 10-iyul, 2023

3

Tuman bosqichi

Maktab bosqichidan g‘olib bo‘lib chiqgan ishtirokchilar tanlovning 2-bosqich – tuman bosqichiga yo‘l olishadi. Ushbu bosqichda hakamlarimiz alohida tumanlardagi maktablar o‘rtasida eng yaxshi loyihalarni aniqlaydi.

12-iyul, 2023 25-iyul, 2023

4

Shahar / Viloyat bosqichi

Yakuniy bosqich, unda alohida viloyatlar va shaharning barcha tumanlari g‘oliblari o‘zaro bellashadilar. Ishtirokchilar hakamlar oldida jonli taqdimot va loyihalarini himoya qilishlari kerak bo‘ladi. Potentsial investorlar ushbu bosqichda hozir bo‘lishligi ehtimoli yuqori.

1-avgust, 2023 20-avgust, 2023

Yo'nalish va Investitsiyalar

Investitsiyalar jamg'armasi: 1.080.000.000 so‘m + stipendiyalar

IT

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Ta'lim

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Turizm

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Qishloq xo'jaligi

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Umumiy ovqatlanish

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Ishlab chiqarish

1-o'rin100.000.000 uzs
2-o'rin50.000.000 uzs
3-o'rin30.000.000 uzs

Ariza qoldirish

Sizda qiziqarli loyiha yoki gʻoya bormi, shaklni toʻldiring

Ism
Familiya
Elektron manzil
Telefon raqam
Yoʻnalish
Hudud
Maktab raqami yoki nomi
Sinf
Jinsi
Oʻzingiz haqizda aytib bering
Anketa shabloni.docx
Yuqoridagi shablonni yuklab oling, uni toʻldiring va shu yerga yuklang

    Hamkorlar

    Koʻp soʻraladigan savollar

    Loyiha ustida bir kishi emas, balki butun jamoa ishlayotgan bo'lsa, arizani qanday yuborish kerak?

    Murojaat faqat bitta shaxsdan - guruh rahbaridan yuboriladi, lekin reja qanday ishlab chiqilishi va uni himoya qilish va taqdim etish bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q.